FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanida “Hunarmandlar shaharchasi” hamda uning atrofida infratuzilma, ustalar uchun ishlab chiqarish xonalari, savdo maydonchalari, ko‘rgazma pavilonlari hamda xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov bajarilayotgan ishlar sifati bilan yaqindan tanishdi. Mas’ullarga qurilish jarayonlarini yanada jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
[gallery-26516]
Jarayonda “Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan tayyorlangan loyiha ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari uni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Ishchi guruh shuningdek, tumanning Qayirma mahallasida ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA