Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chustda bu yil 3834 gektar maydonda paxta, 9846 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda
07:53 / 2023-05-06

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Chust tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

Ta’kidlash joiz, tumanda joriy yil 3834 gektar maydonda paxta, 9846 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda.

Dastlab, tumanning 4-sektor hududida joylashgan “Nurafshon” MMTP hududidagi “Nargizabonu Rasulova” fermer xo‘jaligi dala maydonlaridagi g‘alla va paxta dalalari ko‘zdan kechirildi.  

Ushbu fermer xo‘jaligining 22,5 gektar yerida paxta ekilgan. 32,5 gektar maydonda esa Rossiya seleksiyasi asosida yaratilgan, yangi, serhosil va yerning turli holatlariga chidamli bug‘doy yetishtirilmoqda. Hozirda paxta maydonlarida chopiq va kultivatsiya ishlari olib borilayotir. G‘allani qo‘shimcha oziqlantirish maqsadida mineral ozuqalar berilmoqda.  

[gallery-11744]

Viloyat hokimi belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish bilan birga bug‘doydan 80-100 sentnerdan hosil olish imkoniyatlarini sanab o‘tdi.

Keyingi manzilda ishchi guruh a’zolari “Ravshan Mirzayev” hamda “Andalus Agro Dunyo” fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi.  

“Ravshan Mirzayev” fermer xo‘jaligi bugungi kunda 19 gektar maydonda g‘alla, 11 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. “Andalus Agro Dunyo” fermer xo‘jaligida esa 17 gektar maydonda g‘alla, 11 gektar yerda g‘o‘za baravj rivojlangan. “Andalus Agro Dunyo” fermer xo‘jaligida shuningdek, ipak qurti boqilmoqda.  

Hududdagi “Chust Firdavs” fermer xo‘jaligida ham ayni kunlarda ipak qurtini boqish ishlari avj pallaga kirgan. Pillakorlar bu yil kumush tolani 450 kilogrammdan oshirib  yetishtirish niyatida.  

Joriy yil tuman fermer xo‘jaliklari 2253 quti va kasanachilar 1273 quti ipak kurti parvarishiga astoydil kirishgan. Ular 193 tonna kumush tola xomashyosi olishni ko‘zlagan.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA