Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chust va Zolingen shaharlari birodarlashadi
17:48 / 2023-08-10

FOTOREPORTAJ

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti - GIZ vakillari Namangan viloyati Chust shahriga tashrif buyurdi.  

Ma’lumki, Chust - Markaziy Osiyoning eng qadimgi aholi manzillaridan. Bu maskanning hunarmandchilik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Chust pichog‘i, do‘ppisi va oshini bilmagan inson bo‘lmasa kerak. Aynan ushbu uch omil Chustning turizm drayveri vazifasini bajaradi.  

Xalqaro tashkilot vakillari turizmni rivojlantirish bo‘yicha Chustda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi hamda sulolaviy pichoqchi ustalar xonadoni va ustaxonasida bo‘ldi.  

- Chustning turizm salohiyati, qadim hunarmandchilik tarixini yuzaga chiqaruvchi brending loyihasi ustida ishlayapmiz, - deydi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti - GIZ rahbari Beate Shorayt xonim. - Bu orqali butun viloyat turizm imkoniyatlari yanada kengayadi. Shuningdek, Chust va Zolingen shaharlarini birodarlashtirish masalasi ko‘rilyapti. Bu borada “TourismLab” markazi va Axsikent direksiyasi bilan dastlabki ishlarimiz boshlangan.  

[gallery-13074]

Tashrif yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan kelishib olindi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA