Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chust tumani aholisi o‘z vaqtida suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda
07:03 / 2022-12-21

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatining Chust tumanida 34 yarim ming nafardan ortiq iste’molchi suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ularga maxsus maishiy gaz ballon tashiydigan 7 ta avtotransport vositasi orqali suyuq gaz yetkaziladi. Suyultirilgan gaz tashiydigan har bir avtotransport “aylanma” ko‘rinishda 110 ta maishiy gaz ballon bilan ta’minlangan.  

[gallery-10026]

Iste’molchilarga oyma-oy, belgilangan reja asosida suyuq gaz yetkazilyapti. Bugun ham tumanning Yangiobod mahallasi aholisiga rejaga asosan xizmat ko‘rsatildi. Bu yerda 302 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, ularda 326 dona maishiy gaz ballonlari bor, shundan 280 donasi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan foydalanish uchun berilgan. Barcha iste’molchilar to‘liq ID karta bilan ta’minlangan. Mazkur mahallaga yil boshidan buyon 47,1 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Ta’kidlash joiz, joriy yil boshidan buyon tuman aholisi 5418 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, dekabr oyi yakuniga qadar tumandagi iste’molchilarga 503 tonna 700 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA