French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chusovitina va Jalolov nomidagi sport maktablarida qurilish ishlari davom etmoqda
10:23 / 2022-10-20

Sport xabarlari

Davlatimiz rahbarining “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorida taniqli sportchilarimiz Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolov nomlaridagi sport mahorati maktablarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizda har ikki sportchimiz nomidagi sport ta’lim muassasalarini bunyod etish borasida ayni kunlarda tegishli ishlar olib borilmoqda.  

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov yetakchiligidagi mutaxassislar Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolov nomlaridagi sport mahorati maktablari qurilish ishlari bilan tanishdi.Tanishuv asnosida mutaxassislar mazkur maskanlarni bunyod etayotgan quruvchilarga mahorat maktablarida yosh sportchilarga yuqori darajadagi shart-sharoitlarni yaratish borasida bir qator tavsiyalarni aytib o‘tdi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri chempionlar bilan uchrashdi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha o‘tgan 35-jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan iste’dodli sportchilarimiz Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboyevni taqdirladi.  

Uchrashuvda vazir sportchilarni mazkur g‘alabalar bilan chin dildan tabriklab, ularning ota-onalariga, murabbiylariga tashakkur izhor etdi. Eslatib o‘tamiz, Muzaffarbek To‘raboyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, Davlat Bobonov esa Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi hisoblanadi.  

“Besh tashabbus”ning ikkinchi faslida 279 ta mahalla sport maydonchali bo‘ladi. Ma’lumki, joriy yil “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan yurtimiz mahalla yoshlari o‘rtasida ikki mavsumdan iborat “Besh tashabbus olimpiadasi”ni o‘tkazish belgilan. 

Ommaviy sport musobaqalarining birinchi faslida 3 million 100 ming nafardan ziyod yoshlar qatnashdi va finalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurib berish belgilangan.  

Ayni kunlarda joylarda mazkur sport maydonchalari bunyod etilmoqda. Qayd etish lozim, shu kunlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi fasli bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar yakunida yana 279 ta mahalla 3 turdagi sport maydonchalariga ega bo‘lish imkonini qo‘lga kiritadi.

Para velosportchilarimiz ilk bor jahon chempionatida qatnashmoqda. Shu kunlarda Fransiyaning Parij shahrida para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Joriy yil 25 oktyabrga qadar davom etadigan mazkur jahon chempionatida mamlakatimizning 7 nafar matonatli sportchisi ishtirok etmoqda. Aytish lozimki, ushbu yo‘nalishdagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik para velosportchilar ilk bor qatnashmoqda.  

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA