Chusovitina sharafiga Misrda O‘zbekiston bayrog‘i sarbaland bo‘ldi
Xabar berganimizdek, Misr poytaxti Qohirada sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, nufuzli musobaqaning tayanib sakrash dasturida qanashgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina 12.95 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘lib, jahon kubogi bosqichida kumush medalga musharraf bo‘ldi.
Afsonaviy sportchimizning ushbu g‘alabasi sharafiga Qohira sport maydonida O‘zbekiston bayrog‘i sarbaland bo‘ldi.
Musobaqaning ushbu dasturida sloveniyalik Tiaza Kisselef 13.18 ball bilan oltin medalni, kanadalik Lauri Denomi esa 12.85 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni yakunlanadigan ushbu musobaqada Oksana Chusovitinadan tashqari 6 nafar sportchilarimiz ham o‘z yo‘nalishidagi bashlarda ishtirok etmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA