Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chuqursoyda bojxonachilar eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatishmoqda
16:57 / 2022-05-23

Bugun bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati, erkinlashtirilgan tashqi savdo va valyuta operatsiyalari haqiqiy bozor iqtisodiyotida sog‘lom raqobat muhitini shakllantiryapti.

Qayd etish kerak, iqtisodiy bu jarayon har bir tarmoq oldiga rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.

Xususan, bojxona tizimiga ham. Bu borada soha xodimlari xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida faoliyatni  yanada erkinlashtirmoqda. Natijada, tadbirkorlarning qimmatli vaqt sarfi hamda xarajatlari qisqarmoqda.

Maqsad eksport salohiyatini oshirish, eksportyor korxonalar uchun qulayliklar yaratish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. 

Yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar sabab birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida joriy yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida rasmiylashtirilgan yuk deklaratsiyalarining soni 17 538 tani tashkil qildi. Shundan eksportga oid bojxona yuk deklaratsiyalari 764 ta.

Tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarida 323,2 milliard so‘mlik imtiyozlar berilgan.

Bojxona posti xodimlari esa korxonalarga amaliy yordam berish, ularga bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida eksportyor korxonalar faoliyati bilan yaqindan o‘rganilmoqda.

Mamlakatimizda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash, raqobatbardosh, yangi turdagi eksportga yo‘naltirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Bu borada hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar mahalliy sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirishga,  shuningdek, hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

bugungi kunda “MERIDIAN PLAST” korxonasida tovarlar uchun plastik qadoqlash mahsulotlari, qurilish uchun plastik buyumlar, plastmassa materiallari, turli xildagi yopishqoq tasmalar ishlab chiqarilmoqda.

Korxona 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 30 dan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlangan. 

Bojxona imtiyozlari faqat eksport jarayonida emas, balki xorijdan zamonaviy texnologik uskunalarni olib kirishda ham qo‘llaniladi.

Aytaylik ushbu korxonaga Xitoy davlatidan 2,7 million dollarlik uskunalar bojxona imtiyozlari bilan keltirilgan.

Ayni paytda esa ishlab chiqarish jarayoni avjida.

«ORIGINAL COLORMIX» mas’uliyati cheklangan jamiyati esa bo‘yoq va laklar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Har yili korxonada jahon texnologiyalari asosida malakali mutaxassislar tomonidan bo‘yoq va laklar mahsulotlari yangi turlari Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi.

Korxona 2010 yilda ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, hozirgi kunda 100 dan ortiq aholini ish bilan ta’minlagan. Korxonada Xitoy davlatidan keltirilgan.

Korxonada bir oyda 150 ming AQSH dollarlik, bir yilda esa 2 million AQSH dollarga teng mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

bugungi kunda mazkur korxonaning eksport ko‘rsatkichlari ham yuqori darajada.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 166 439 AQSH dollarlik mahsulotlar xorij bozorlariga yo‘naltirilgan.

Umuman olganda, joriy etilayotgan barcha chora-tadbirlar tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash, qolaversa ichki bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirgan holda eksport hajmini keskin oshirishdan iborat.

Bu borada Davlatimiz rahbarining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Tizimda erishilayotgan natijalar esa, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamlik islohotlardan darak.

 

Otabek Odilov,

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati katta inspektori.