Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar davom etmoqda
12:00 / 2024-10-16

Buxoro viloyatida “Inson qadri uchun” shiori doirasidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar davom etmoqda. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori M.Rajabov boshchiligidagi filialining 31 nafar turli soha mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruhning navbatdagi tibbiy ko‘rigi va amaliy-uslubiy yordam aksiyalari Peshku tumanida o‘tkazildi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali bilan uzviylik va o‘zaro aloqa olib borish, tuman mutaxassislarini tajriba orttirishiga ko‘maklashish, bemorlarga tibbiy yordam standartlariga muvofiq maslahat va diagnostika, davolashni amalga oshirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. 

– Tumanda filial mutaxassislari tomonidan dastlabki kunning o‘zida 261 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, – deydi filiali direktori M.Rajabov. – Shulardan 78 nafarida turli yo‘nalishdagi kasalliklar, jumladan, 70 foizidan ortig‘ida terapevtik, 20 foizida xirurgik sohadagi va 7 foizida ginekologik hamda 3 foiziga yaqin bolalarda pediatrlik kasalliklar mavjudligi aniqlandi. 

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi va ko‘p tarmoqli poliklinika bilan aniqlangan bemorlar ro‘yxati shakllantirildi. Tuman, viloyat miqyosidagi davolash muassasalarida ularni sog‘lomlashtirish rejalari tuzildi. Bu orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholining tor mutaxassislar va birlamchi bo‘g‘ini orasida samarali integratsiya mexanizmlarini joriy qilish hamda bemorlarning tibbiy madaniyati oshishiga erishish maqsad qilingan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.