Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chunsinda “Xitoy – SHHT” forumi va “Smart China Expo 2021” ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda
13:20 / 2021-08-24

Xitoyning Chunsin shahrida 23 avgust kuni raqamli iqtisodiyot bo‘yicha “Xitoy – SHHT” forumi va “Smart China Expo 2021” ko‘rgazmasi (SCE 2021)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim va forum oflayn shaklida, ko‘rgazma bilan birga o‘tdi. Onlayn namoyish esa SCEning rasmiy saytida e’lon qilindi.

XXR Raisi Si Szinpin 23-25 avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy –SHHT” forumi va “Smart China Expo 2021” ko‘rgazmasi vakillariga tabrik yo‘lladi. Tadbirlar resurslar almashinuvi, intellektual sanoatda rejalashtirish va integratsiya bo‘yicha umumiy platforma vazifasini o‘taydi.  

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va umumiy farovonlikka ko‘maklashishga bag‘ishlangan “Xitoy – SHHT” forumi hamkorlik loyihalarini imzolash marosimi, yig‘ilishlar, mavzuga oid namoyishlarni o‘z ichiga oladi. Ularda SHHTga a’zo mamlakatlar, xususan, Xitoy ham ishtirok etmoqda.  

SHHT Bosh kotibi Vladimir Norovning qayd etishicha, Xitoyning raqamli iqtisodiyot va transchegaraviy elektron savdo sohasidagi tajribasi SHHT mamlakatlari uchun ajoyib andoza hisoblanadi.  

Belarus Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nikolay Snopkov ochilish marosimida so‘zga chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu forum mintaqaviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni tadqiq etadi.  

Tyuring mukofoti sovrindori Jon Xennessi “SCE 2021” ko‘rgazmasining tantanali ochilishini yakunlab, ushbu forum yangi marralar sari yetaklashini qayd etdi.

COVID-19 tarqalganidan buyon raqamli iqtisodiyot iqtisodiy-ijtimoiy tiklanishga yordam bergan holda, kasallikni bartaraf etish va nazorat qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Natijada raqamli texnologiyalarga o‘tish asosiy maqsadga aylandi va Chunsin bu sohani rivojlantirishda davom etmoqda.  

Singapur aloqa va axborotlashtirish vaziri hamda ichki ishlar bo‘yicha ikkinchi vazir Jozefina Teo onlayn ochilish marosimida ishtirokchilarga murojaat qildi. U texnologiyalar Chunsin aloqa tashabbusining to‘rtta asosiy sektorlaridan biri hamda zamonaviy aloqa va xizmatlarning muhim omili ekanini qayd etdi.  

“Xitoy – SHHT” forumi raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt kabi sohalarda Chunsin va SHHT mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash uchun keng maydon tashkil etishga qaratilgan.  

“SCE 2021” “Aqlli texnologiyalar: iqtisodiyot imkoniyatlarini kengaytirish va hayotni boyitish” mavzusi bo‘yicha ishini davom ettirmoqda, uning doirasida 6 ta forum, 5 ta tanlov, 100 dan ortiq tadbirlar o‘tkazmoqda. Ushbu tadbirlarda 31 mamlakatdan onlayn va oflayn rejimda 610 dan ziyod korxona ishtirok etmoqda.  

Iqtisodiyot va savdo bo‘yicha chuqur hamkorlik va almashinuvlarda “Bir makon, bir yo‘l” bo‘yida joylashgan mamlakatlar, xalqaro  tashkilotlar, tutash shaharlar va tarmoqdagi yetakchi korxonalar ishtirok etadi.  

Bundan tashqari, 70 ming kvadrat metr maydonni egallagan ko‘rgazma texnologiyalar va intellektual sanoat sohasidagi so‘nggi yutuqlarni taqdim etish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini ham o‘taydi.  

Onlayn-ko‘rgazma platformasi qumli stolning o‘ziga xos raqamli andozasi bo‘lib, u intellektual texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi ajoyib yutuqlarni namoyish etadigan muayyan ssenariylarga asoslangan turli tadbirlarni o‘z ichiga olgan.  

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi havolaga o‘tishingiz mumkin:

https://www.ichongqing.info/special/smart-china-expo-2021/,
va  https://www.ichongqing.info/special/2021sco/

 

Bog‘lanish uchun vakil: Sao Syan’i/Cao Xiangyi

Telefon: 0086-18623565606

E-pochta manzili: caoxy@ichongqing.info