Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Choybargdan ayamang” kitobining taqdimoti
18:00 / 2022-10-10

Hamkorlarimiz sahifalarida

Isroil-Ozarbayjon assotsiatsiyasi Leonid Liflandning “Choybargdan ayamang” kitobini nashr etdi, deb xabar berdi “Trend” nashri.

Muallif Ozarbayjon va umuman, Kavkaz mintaqasi haqida turli ma’lumotlar keltirgan, choy sanoati uchun xom ashyo zaxirasi yaratish jarayonini kuzatgan, iste’mol madaniyatiga oid turli jihatlarni keltirgan. Kitob boshqa turdagi nashrlardan muallif, taniqli kolleksiyachi va choy tarixi bo‘yicha tadqiqotchi Leonid Liflandning Ozarbayjonda yashovchi yahudiy jamiyati tarixining o‘ziga xos xususiyatlariga yaqindan kizikishi bilan ajralib turadi.

Nashrda illyustrativ tasvir, arxiv, muzey, korporativ va shaxsiy kolleksiya, jumladan, muallif kolleksiyasi materiallaridan keng foydalanilgan.

Davomli suratlar o‘quvchiga choy plantatsiyasini tomosha qilish, qadimiy Bokuning bir qismini ko‘rish, Ozarbayjon choyxonasining mehmondo‘st muhitiga sho‘ng‘ish imkonini beradi. 1950 yilgacha ishlab chiqarilgan choy turlari, qadoqlash va reklama namunalari, shubhasiz, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. E’tiborlisi, aksariyat fakt va ma’lumotlar ilgari nashr etilmagan. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan asar nafaqat mutaxassislar, balki barcha choy ishqibozlari uchun foydali.

“Choybargdan ayamang” iborasi qadimiy latifa bilan bog‘liq. Ozarbayjonda choy ichish bilan bog‘liq asosiy xususiyatlardan biri achchiqqina choy damlash an’anasini to‘liq aks ettiradi. Bu diyorda har qanday tadbir choy bilan boshlanib choy bilan tugaydi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA