Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chovgon bo‘yicha birinchi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi
23:26 / 2025-09-07

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek,poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida chovgon bo‘yicha Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan bu yirik musobaqada 6 ta davlat sportchilari ishtirok etdi. 

Musobaqa finalida O‘zbekiston va Pokiston jamoalari maydonga tushdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda chavandozlarimiz 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi va Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Endi sportchilarimiz kelasi yili Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ikkinchi o‘rin pokistonlik chavandozlarga nasib etgan bo‘lsa, qozog‘istonlik sportchilar uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

[gallery-25197]

Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA