Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chovgan bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
19:25 / 2026-02-10

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida buyuk sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan chovgan bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Bobur zamonida ham chovgan musobaqalari o‘tkazib turilgan. Shoir va sarkarda davlat ishlarida band bo‘lishiga qaramay, ushbu sport turining rivoji va ommalashishiga alohida e’tibor qaratgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ham chovgan sporti rivojlanib bormoqda. Xususan, Chovgan va tuyalar sporti federatsiyasi ushbu yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda.

[gallery-27587]

Musobaqada jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Chegara qo‘shinlari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent shahar chavandozlar maktabi jamoasi, uchinchi o‘rinni esa Chegara qo‘shinlarining ikkinchi jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA