Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chorvoq Darvozasi” turar joy majmuasi: xonadon kalitlari egalariga topshirildi
07:01 / 2025-11-13

8 noyabr kuni Chorvoqning go‘zal manzarali hududida joylashgan “Chorvoq Darvozasi” turar joy majmuasida xonadon egalariga kalitlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir eng kutilgan voqealardan biri bo‘ldi — ilk bor Bo‘stonliq tumani tog‘li hududidagi uy-joylar to‘liq yashashga tayyor holatga keltirildi va ularning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. Tantanali dastur bayramona muhit, yorqin chiqishlar va tog‘ manzaralari bilan boyitildi.

“Chorvoq Darvozasi” — zamonaviy turar joy majmuasi bo‘lib, uning qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq hamda “O‘zmilliybank” AJning moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirildi.

Bu yerda shahar hayotining qulayliklari Chorvoq tog‘larining tabiiy go‘zalligi bilan uyg‘unlashgan. 24 kv.m.dan 142 kv.m. gacha bo‘lgan hududdagi xonadonlar to‘liq yashashga tayyor. Hudud obodonlashtirilgan, bolalar va sport maydonchalari, sayr qilish yo‘laklari hamda yashash uchun zarur barcha ehtiyojlar inobatga olingan.

Majmua hududida rivojlangan infratuzilma shakllantirilgan. Bunda xalqaro darajadagi “Wyndham Garden” mehmonxonasi alohida o‘rin egallaydi — loyiha majmuaning muhim qismiga aylanib, unga zamonaviy kurort maqomini berdi.

Turar joy maskanida har bir detal hisobga olingan. Xususan, kichkintoylar uchun 800 kv.m. dan ortiq maydonda joylashgan yopiq bolalar maydoni barpo etilgan. U zamonaviy uskunalar va xavfsiz o‘yin zonalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, “Chorvoq Darvozasi” hududida xalqaro va mahalliy brendlar — KFC, Costa Coffee, BON, Safia, Papa John’s va boshqalar faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani majmuadagi hayotni nafaqat qulay, balki sermazmun qiladi.

Buning uchun xaridorlarga qulay shartlar yaratilgan — 24 oylik bo‘lib to‘lash imkoniyati yoki O‘zmilliybank orqali 15 yilga 18% yillik stavkada ipoteka krediti taklif etiladi.

Ta’kidlash joiz, tantanali marosim “Chorvoq Darvozasi” turar joy majmuasi xonadon egalari uchun yangi hayot boshlanishining ramziga aylandi.

Kechaning yoqimli syurprizi sifatida xonadon sotib olganlar orasida yutuqqa qo‘yilgan  BYD Song Plus avtomobili egasi aniqlandi.

Tadbir yakunida majmua markaziy maydonida hayratlanarli mepping-shou namoyish etildi.

Reklama huquqi asosida

«O‘zmilliybank» AJ

Matbuot xizmati