Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvoq – dam oluvchilarning sevimli maskani
07:55 / 2022-06-23

FOTOREPORTAJ

Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori qishloq xo‘jaligini bir me’yorda suv bilan ta’minlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida  barpo etilgan. 

Suv ombori Chotqol va Ugom tog‘lari orasida, Chirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan. Chorvoq suv omborining to‘la sig‘imi 2006 million m3, shundan foydali suv hajmi 1580 million m3 ni tashkil etadi. Maksimal chuqurligi 131 metr, o‘rtacha chuqurligi 55 metrdan iborat.  Bu yerga Piskom, Ko‘ksuv, Chotqol daryolari quyiladi.

[gallery-7676]

Chorvoq suv ombori Chirchiq – Bo‘zsuv suv energetika traktini bir me’yorda suv bilan ta’minlaydi. Uning barpo etilishi bilan suv kam bo‘lgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozog‘iston Respublikasi Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi 355 ming gektardan ortiq yerni barqaror suv bilan ta’minlash, Chirchiq daryosining yuqori oqimida ro‘y beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi.

2000 yil boshlaridan suv ombori sohillari va uning atrofida xalqaro andozalarga mos bo‘lgan yirik dam olish majmualari, pansionatlar, bolalar yozgi oromgohlari barpo etildi. Dam oluvchilar uchun kichik kemalar va boshqa suvda harakatlanish uchun mo‘ljallangan vositalar xizmati yo‘lga qo‘yildi. Hozirda bu joylar nafaqat hamyurtlarimiz balki, xorijlik sayyohlar bilan ham gavjum. 


 

Oqil G‘ULOMOV (surat),O‘zA