Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvadorlar oilasiga ma’rifat ulashildi
17:21 / 2023-08-08

FOTOREPORTAJ

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Sherobod tuman bo‘linmasi tomonidan tumanning tog‘li chegara hududida joylashgan Uzunsoy mahallasi Homkon qishlog‘ida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Tuman markazidan 85 kilometr olisda, O‘zbekistonning Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh qismida purviqor tog‘lar orasida joylashgan so‘lim Homkon qishlog‘i uzoq yillik tarixga ega. Mazkur qishloq ahli asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva boshchiligidagi bir guruh mas’ullar Homkon qishlog‘ida bo‘lib, chorvador Chingiz Xo‘jamqulov xonadoniga tashrif buyurdi. Dildan suhbat qurildi.  

Tadbir davomida chorvador oilasiga oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning farzandlariga kitoblar jamlanmasi berildi.  

[gallery-13057]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA