FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Ko‘hna Kesh favvorasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga imtiyozli kredit mablag‘lari jalb qilinib, Avstriyadan 60 bosh yuqori naslli qoramol olib kelindi. Natijada xo‘jalikdagi qoramollar soni 250 boshdan oshdi. Bu tashabbus hududda chorvachilikni rivojlantirish, ichki bozorni sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda ferma aholi ehtiyoji uchun yiliga 40 tonnadan ortiq sifatli go‘sht mahsuloti yetkazib bermoqda. Boqilayotgan qoramollar 1000 kilogrammdan 1700–1800 kilogrammgacha vaznga yetkazilmoqda. Shuningdek, fermada kuniga o‘rtacha 1000 litr sut sog‘ib olinadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur loyiha hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli va arzon go‘sht hamda sut mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, xo‘jalik faoliyati natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, mahalliy aholi, ayniqsa yoshlar uchun barqaror daromad manbai shakllanmoqda.
[gallery-28020]
“Ko‘hna Kesh favvorasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugun nafaqat chorvachilikni rivojlantirish, balki hudud iqtisodiyotini mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA