Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilikda zoti yaxshilangan qoramollar ulushi ortmoqda
11:05 / 2021-08-06

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga doir uchrashuvlarida mutasaddi rahbarlarga iqtisodiy tarmoqlardagi islohotlar jadalligini kechiktirib bo‘lmasligini ko‘p bor ta’kidlaydi. Har bir soha mutasaddilariga tarmoqdagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish vazifasini qo‘yadi.

Shu ma’noda bugun chorvachilik mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, shuningdek veterinariya va chorvachilik sohasidagi islohotlar samaradorligi qay tarzda? Tarmoqdagi muammolar o‘z vaqtida hal etilayaptimi? 

O‘zA muxbiri shu kabi savollarga javob olish uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Jabborov bilan suhbatda bo‘ldi.

– Shuhrat aka, gapni chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning dastlabki bosqichidagi muhim tadbirlardan biri hisoblangan epizootik osoyishtalikdan boshlasak...

– To‘g‘ri  ta’kidladingiz. Shubhasiz, epizootik osoyishlatik chorvachilik mahsulotlari yetishtirishdagi eng muhim tadbir. 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi 1500 ta veterinariya uchastkalaridagi 3788 nafar veterinariya mutaxassislari tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida  27 mln. bosh chorva mollarining 11 turdagi va 46 mln. bosh parrandalarning 4 turdagi kasalliklariga qarshi profilaktik emlanishi, hayvonlar saqlanadigan 650 ming ob’ektlar dezinseksiya qilinishi va 31 mln. boshdan ortiq chorva mollarini cho‘miltirish ishlari amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda respublikamizda epizootik osoyishtalik ta’minlanishiga erishildi.

Bundan tashqari respublikada veterinariya va chorvachilik sohasini yanada rivjlantirishdagi asosiy omillardan biri bo‘lgan hayvonlarga veterinariya servis xizmatlarini ko‘rsatish ishlariga 5 mingdan ortiq mutaxassislar jalb qilindi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizim tashkilotlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida 11,2 mlrd.so‘mlik, (2020 yilga nisbatan 1,5 barobarga ko‘p) pullik veterinariya xizmatlari ko‘rsatildi.

– Darvoqe, veterinariya tarmog‘ida pullik xizmat ko‘rsatish tizimi ham mavjudmi?!

– Albatta. Deylik, Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi tomonidan 2020 yilning mos davrida 8,1  mlrd. so‘m pullik veterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2021 yilning o‘tgan davrida esa bu ko‘rsatkich 16,4 mlrd. so‘m (2 barobarga ko‘p) ni tashkil etadi.

Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida 7,8 mlrd. so‘m, 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga ko‘p pullik veterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan.

Respublika va hududiy xayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida 1,4 mlrd.so‘m pullik veterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan 1.5 barobarga ortig‘i bilan bajarilgan.

Qoraqolpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan 2020 yilning birinchi yarmida 3,4 mlrd.so‘m, 2021 yilning o‘tgan davrida esa 6,1 mlrd.so‘m (1.7 barobarga ko‘p) pullik veterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan.

Ko‘rsatilgan pullik veterinariya xizmatlari 2020 yilda 1 shartli mol boshga 1 895,0 so‘m (19,6 mlrd.so‘m/10 379,0) bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 3721,0 so‘mni (41,3 mlrd.so‘m/11 099,0) tashkil etadi yoki 2019 yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.

– Chorva mollarining nasl sifati, nasldorlikni yaxshilash, mahsuldorlikni oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Sanoat usulida sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jami 101 ta (52,1ming bosh) shundan, 48 ta (24,1 ming bosh) sutchilik yo‘nalishida va 53 ta (28 ming bosh) bo‘rdoqichilik yo‘nalishida yirik chorvachilik komplekslari ishga tushirildi.

Amalga oshirilgan loyihalar doirasida xorijiy davlatlardan 81 ming 276 bosh qoramollar hamda 73 ming 903 bosh qo‘y-echkilar olib kelindi.

Aholi xonadonlari va fermer xo‘jaliklaridagi qoramollar mahsuldorligini oshirish hamda zotdorligini yaxshilash maqsadida 1,22mln. bosh sigirlar sun’iy urug‘lantirilib, zoti yaxshilangan qoramollar ulushi 50 foizga yetkazildi.

Xususan, go‘sht yo‘nalishidagi tez yetiluvchan qoramollarni ko‘paytirish maqsadida xorijiy davlatlardan Aberdin-angusSharoleГрефордva Limuzin kabi yangi zotlar respublikamizga olib kelingan va bu ishlar davom ettirilmoqda.

Shuningdek, mayda shoxli mollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qo‘yларniнгМyerинос, Romanov, Edilboy, Дорпyerzotlarи hamda echkilarning Angor va Zanen zotlarini chet davlatlardan keltirilib, ularni bosh sonini yanada ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.

 bugungi kunda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha qiymati 2 trln. 532 mlrd. so‘mlik (35 foiz) 1 131 ta loyiha (62 foiz) amalga oshirilib, natijada yangidan 11 ming 992 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Chorvachilik xo‘jaliklaridagi chorva mollari ozuqa bazasini mustaxkamlash maqsadida jami 339,7 ming gektar maydonga shundan, beda 135,6 ming gektar, makkajo‘xori 158,5 ming gektar, oq jo‘xori 31,8 ming gektar, xashaki lavlagi 13,8 ming gektar asosiy yer maydonlariga va g‘alladan bo‘shagan 176,4 ming gektar yer maydonidan 147,7 ming gektariga (84 foiz) ozuqabop ekinlar ekildi.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga 2019 yilning birinchi yarim yilligida 7,8 mlrd.so‘m, 2020 yilda 8,1 mlrd.so‘m hamda 2021 yilning o‘tgan davrida 14,6 mlrd.so‘m (2019 yilga nisbatan 
2,2 barobarga ko‘p) mablag‘lar shakllantirildi.

– Mazkur mablag‘lar hisobidan qanday ishlar amalga oshirildi?

– Avvalo, ushbu mablag‘lar hisobidan tarmoqni raqamlashtirish ishlari jadallashtirildi. Jumladan, epizootiyaga qarshi kurashish tadbirlari monitoringi (VIS-REGISTON), xavfni (tahlil qilish) boshqarish (VIS-ATLAS), veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan so‘yilgan hayvon go‘shtlari (VIS-BILLUR), veterinariya faoliyatini litsenziyalashni avtomatlashtirish (VIS-LICENSE) dasturlari ishga tushirildi.

Shuningdek, hududiy veterinariya xizmatlarining moddiy texnik bazani rivojlantirish maqsadida 3 673,5 mln.so‘mlik maxsus avtotexnikalar va asbob uskunalar hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmalariga xizmatda foydalanish uchun talab etiladigan texnik jihozlar bilan ta’minlandi.

Veterinariya xizmati sifatini oshirish, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida mavjud ta’mirtalab bino va inshootlarni joriy va kapital ta’mirlashga jami 4 486,0 mln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi, jumladan, Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalari sifati va muomalasini nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi, Yuqorichirchiq, Bo‘ka, Shumanay, Do‘stlik, Nurafshon, Zarbdor, Zomin, Qamashi, Mirzacho‘l, Oqoltin tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari binosi to‘liq ta’mirlandi.

Bundan tashqari Forish, Oq oltin, Shumanay, Mo‘ynoq, Uzun, Zarbdor tumanidagi veterinariya uchastkalari konteyner tipidagi zamonaviy binolar bilan ta’minlandi.

Joriy yilda 6 ta chegara bojxona o‘tkazish maskanlarida avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilish bo‘yicha zamonaviy dezinfeksion to‘siqlar o‘rnatishga 1,0 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘lar sarflandi.

– Bilishimizcha, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xalqaro moliya institutlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan...

– Xuddi shunday.  O‘tgan davr mobaynida Xalqaro moliya institutlari bilan olib borilgan keng ko‘lamli muzokaralar natijasiga ko‘ra, Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 6 dona ko‘chma laboratoriya, 42 dona maxsus avtotransport (sovutgichli, dezinfeksiyalovchi va zararsizlantiruvchi (insinerator) moslamali) hamda veterinariya uchastkalarini 20 dona konteyner bilan ta’minlash va asosiy yuklar harakatlanuvchi 8 ta chegara bojxona o‘tkazish punktlariga zamonaviy dezinfeksiya yo‘laklari hamda Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 1 donadan zamonaviy veterinariya klinikalari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Vengriya agrar, oziq-ovqat va qishloq hudularini rivojlantirish palatasi hamda Vengriya chorvadorlar uyushmasi o‘rtasida chorvachilikni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi imzolangan Bitim doirasida mamlakatimizda
20 mln. dollardan ortiq hajmdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq biznes-rejalar ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, chorvachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishda 16 ta jumladan, YeOII, YeI, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar bilan eksport va import aloqalarini kengaytirish maqsadida veterinariya hujjatlarini kelishish (priznaniye) yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

OʻzA muxbiri Ikrom Avvalboyev suhbatlashdi.