Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilikda yangi qonun: bir martalik identifikatsiya bepul bo‘ladi
15:09 / 2025-08-06

Mamlakatimizga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishining oldini olish, veterinar osoyishtalikni ta’minlashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Shu bilan birga, yangi hujjatda hayvon egalariga ham bir qator imkoniyatlar yuzaga kelishi aks etgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 6 avgustda “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Avvalo shuni ta’kidlash kerak, ushbu qonun bilan hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.

Ya’ni, ushbu qonun asosida hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosati yuritiladi. Chorva hayvonlari va hayvon egalarining yagona reyestrini yaratish va ularning hisobini yurituvchi elektron axborot tizimi joriy qilinadi.

Deylik, hayvonga nisbatan egalik huquqiga da’vo qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Hayvonning haqiqiy egasini identifikatsiya qilinganlik orqali aniqlashga yordam beradi. Hayvon egalariga o‘tkazilgan diagnostik tekshirish natijalari va davolash ishlari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoni yaratiladi.  

Mavjud chorva mol bosh soni to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Chorva hayvonlarining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklariga davlat tomonidan bepul to‘liq profilaktik emlanishiga erishiladi. Natijada hayvonlar orasidagi epidemik xavfning oldi olinadi. Identifikatsiya qilingan hayvonlardan olinadigan mahsulotlarning sifati va havfsizligi ta’minlanib, ichki va tashqi bozorlarda sotishi kafolatlanadi.

Kasalliklar va turli sabablarga ko‘ra nobud bo‘lgan (harom o‘lgan) chorva hayvonlar go‘shtini xufiyona sotish qonun bilan ta’qiqlanadi va iste’molga yaroqsiz chorvachilik mahsulotlari savdosiga chek qo‘yiladi.

Har bir bosh chorva to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi va tirik chorva hayvonlar savdosi manzilli amalga oshiriladi. Chorva hayvonlari saqlanishi va migratsiyasi tartibga olinadi va doimiy monitoring qilish tizimi yaratiladi. Eng muhim jihati shundaki, identifikatsiyadan hayvon egalariga ortiqcha yuk tushmaydi. Ya’ni, bir martalik bepul to‘liq identifikatsiya qilib beriladi.

Xonadon egalari chorva hayvonlari tug‘ilganda, sotganda yoki so‘yganda smartfon telefoni orqali yoki og‘zaki murojaati bilan ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatdan chiqariladi. Bunda hech qanday mablag‘ talab etilmaydi.

Mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarini tezlashtiradi.

O‘zA