Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik yo‘nalishi uchun Germaniya granti ajratiladi
16:00 / 2022-11-28

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) mamlakatimizdagi vakolatxonasi loyiha rahbari Beate Shorayt bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Uchrashuvda mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirish, sohada yetuk kadrlarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati ikki million Yevroga teng grant mablag‘lari jalb qilinishiga kelishildi.

 

O‘zA