Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik tarmoqlarini subsidiyalash go‘sht narxi barqarorligini ta’minlayapti
13:07 / 2022-08-02

Markaziy bank xabariga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida yillik inflyatsiya sur’ati 12,2 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,5 foizga oshgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar 10,7 va 6,8 foizga qimmatlashdi.

Bu holat chorvachilik xo‘jaliklari uchun birlamchi xomashyo sanalgan chorva ozuqasi narxlariga ham sezilarli ta’sir etdi. Misol uchun, 1 dona beda press 2,3 baravarga 15 ming so‘mdan 35 ming so‘mga, 1 kg silos 2,9 baravarga 320 so‘mdan 900 so‘mga, 1 kg bug‘doy 1,8 baravarga 2,2 ming so‘mdan 4 ming so‘mga va 1 kg makkajo‘xori 3 ming so‘mdan 4,2 ming so‘mga, ya’ni 1,4 baravar qimmatlashdi.

Birjada 1 tonna shrot narxi 1,4 baravar, ya’ni 2,9 mln so‘mdan 4 mln so‘mga, sheluxa 1,5 baravar 2 mln so‘mdan 3 mln so‘mga o‘sdi.

O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlari jumladan, piyoz 48,6 foizga, shakar 46,7 foizga, bug‘doy uni 35,9 foizga, sabzi 18,2 foizga hamda guruch 9,7 foizga oshgan bo‘lsa, chorvachilikda uzoqni ko‘zlab qabul qilingan qarorlar asosida chorvachilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ular tomonidan yetishtirilgan va realizatsiya qilingan go‘sht, sut va tuxum mahsulotlariga subsidiya ajratilishi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozlar berilishi natijasida mol go‘shti 1,8 foizga, qo‘y go‘shti 2,3 foizga, tovuq go‘shti 5,2 foizga va tuxum 2,6 foizga oshgan xolos.

Eslatib o‘tamiz bugungi kunda respublikada bir kilogramm go‘sht narxi o‘rtacha 55-65 ming so‘m, bir litr sut narxi o‘rtacha 4,5 -5,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, Qozog‘istonda 1 kg mol go‘shti 5,8, Azarbayjonda 7, Rossiyada 8,5, Turkmanistonda 10, Gruziyada 10, Turkiyada 10,4, va Koreyada 60 AQSH dollaridan sotilmoqda.

“O‘zbekchorvanasl” agentligi axborotiga ko‘ra, ayni paytda chorvachilikdagi imtiyozlardan samarali foydalanish hisobiga yurtimizda 400 ming boshdan ziyod bo‘rdoqi qoramol boqilmoqda.

Ushbu chorva mollarining so‘yish darajasidagi yetiluvchanligi, shuningdek yangi tashkil etilgan chorvachilik xo‘jaliklari faoliyati hisobidan ichki bozorga go‘sht yetkazib berish barqarorligi to‘liq ta’minlanadi.

O‘zA