Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik tarmog‘iga Janubiy Koreyaning yetti million dollar grant mablag‘i jalb etiladi
10:10 / 2022-10-19

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov va Janubiy Koreya respublikasining yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Chi Sang bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xabar qilindi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya davlatining mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan KOPIA markazi bilan hamkorlikda 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida ilg‘or biotexnologiyalar va infratuzilmalardan foydalangan holda chorvachilik mahsuldorligini oshirish” loyihasi doirasida beg‘araz sarmoyani jalb etish jarayonlarini tezlashtirish hamda veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirishda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va veterinariya dori vositalarini ishlab chiqish tarmoqlariga Koreya Eksimbankining imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Koreya Qishloq va oziq-ovqat vazirligi o‘rtasida keng ko‘lamdagi hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qo‘mita tomonidan KOPIA ishtirokida ishlab chiqilgan loyihani hozirgi kunda Janubiy Koreya mutaxassislari ko‘rib chiqayotgani va tez orada yakunlanishini bo‘yicha axborot berildi.

 

O‘zA