Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik sohasiga xitoy investitsiyasi jalb qilinadi
15:50 / 2024-06-18

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari xitoylik sarmoyadorlar bilan qo‘shma loyihalar ustida muzokara olib borishmoqda.

Muloqotning dastlabki bosqichida Andijon viloyatida “Kaifeng Shengmeishun Leather Products” korxonasining teri va chorva hayvonlarining ichki a’zolarini qayta ishlash faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan yirik loyihasi ma’qullandi.

Bundan tashqari, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, o‘zbekistonlik mutaxassislarni Xitoyda qisqa va o‘rta muddatli kurslarda malakasini oshirishga kelishildi.

Safar davomida Henan provinsiyasi Kayfeng shahri Kommunistik partiyasi kotibi Vu Hay Yan bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasida veterinariya nazorati ostidagi tovarlar eksport-importida tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratish, Kayfeng shahri Innovatsiya markazi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

O‘zA