Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik sohasida 5 mingdan ortiq doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rni yaratildi
15:52 / 2025-07-18

Poytaxtimizda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Chorvachilik va uning tarmoqlarini yanada rivojlantirish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish va sohadagi tizimli muammolarni aniqlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda keyingi yillarda chorvachilik va veterinariya sohalarini rivojlantirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmoni, 33 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 50 ta qarori qabul qilinib, ularda sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadlar va ustuvor vazifalar belgilan edi.

Jumladan, mazkur qarorlarda chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, naslchilik ishlarini tashkil etish, chorva mollari, qo‘y va echkilarning zotlarini yaxshilash orqali podada naslli mollar ulushini oshirish, shunindek, chorvachilik mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.

Joriy yilning 30 yanvar kuni Prezidentimizning “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda veterinariya va chorvachilik sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi faoliyati tugatilib, uning 15,8 million gektar yaylov yer maydonlari, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Yana bir muhim masala shuki, davlatimiz rahbarining 2025 yil 23 iyundagi “Mamlakatimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shu jumladan, fermer va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilik sohasiga ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun olti oy muddatda qaytarish sharti bilan har bir gektariga 15 million so‘mgacha Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavkada (shundan 2 foizi bank marjasi) imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi belgilab qo‘yildi.

Statistik raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 19 ming 158 ta chorvachilik sub’ektlari faoliyat olib bormoqda.

Respublikada chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha birgina 2025 yilning o‘tgan davrida bir qator ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 2,5 trillion so‘mlik 578 ta loyiha amalga oshirilib, 5 ming nafardan ortiq doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Loyihalar doirasida chetdan 112 ming bosh qoramol, 62 ming bosh qo‘y va echkilar hamda 1 million 600 ming bosh naslli jo‘jalar olib kelindi.
Respublikamizning 6 ta chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlarida qiymati 90 milliard so‘mlik 6 ta yirik chorvachilik klasterlari tashkil etilib, ularning soni 27 taga yetkazildi.

25 ta tumandagi chorvachilik xo‘jaliklarining qoramollari to‘liq identifikatsiya qilindi va ularning elektron bazasi yaratildi.

Naslchilik ishlarini rivojlantirish maqsadida 1,4 million bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirildi va nasli yaxshilangan qoramollar ulushi 72 foizga yetkazildi. Shuningdek, respublika bo‘yicha 280 ta tovar xo‘jaliklari naslchilik xo‘jaligi toifasiga o‘tkazilib, ularning soni 2 ming 36 taga yetkazildi. 

Bundan tashqari, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash uchun 470,5 ming gektar ozuqa maydonlarining 41,6 ming gektariga yangi beda (84,2 ming gektar eski beda mavjud), 138,2 ming gektariga silos va 41,6 ming gektariga don uchun makkajo‘xori, 21,7 ming gektariga oq jo‘xori, 7 ming gektariga xashaki lavlagi hamda 136,2 ming gektariga ozuqa uchun don hamda 92,5 ming gektar kuzgi oraliq ozuqa ekinlari ekildi. 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA