Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik sektorini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi boshlandi
10:40 / 2023-09-06

Mamlakatimizda chorvachilik sohasini yanada rivijlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov va Jahon bankining Barqaror rivojlanish, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Sameh Vahba o‘rtasidagi uchrashuvda mazkur muassasa ishtirokidagi qiymati 240 million AQSH dollari bo‘lgan “O‘zbekiston chorvachilik sektorini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi” loyihasiga start berilidib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi” kelishilgan.

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik sohasida infratuzilmani rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy-texnik bazani xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish kabi muhim vazifalar qamrab olingan.

Loyiha doirasida 60 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan bo‘lib, ushbu sarmoya asosida 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi.

Ushbu tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.

Klasterlarda go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish, aholidan yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish, tayyor ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish uchun yangi imkoniyatlar yuzaga keladi.

Shuningdek, mazkur korxonalarda terini qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish, terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zA