Buxoro viloyati Olot tumanida chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish hisobiga mahsuldorligini oshirish, xalqimiz dasturxoniga sifatli va arzon chorva mahsulotlarini yetkazish kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Pichoqchi mahallasida yashovchi Nosir Boborahimov chorvachilikni puxta o‘zlashtirgan. Hozirda xonadonda 35 boshdan ziyod qoramol boqilmoqda.


– Chorva boqishning qiyinchiligi yo‘q, faqatgina ozuqasini yaratsa bo‘ldi. Chetdan qaraganda mashaqqatli tuyiladi, lekin, dasturxonga sut, qatiq mahsulotlarini yetishtirish o‘z o‘zidan bo‘lmaydi. Hozirda 35 bosh qoramol bor. Shulardan uch bosh sigirdan kuniga o‘rtacha 10-15 litrgacha sut olamiz. Tajribalardan kelib chiqib nasldor mollarni ko‘paytirish rejasini ham tuzganmiz. Chorvachilik daromad manbai, qolaversa, farovonlik garovidir. Shu bois ham ushbu yo‘nalishda ko‘plab xonadonlar qatori biz ham baraka topib o‘z orzu-havaslarga erishmoqdamiz, – deydi Nosir Boborahimov.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri