Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik- qut-baraka manbai
05:25 / 2023-07-21

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati  Bag‘dod tumanidagi “G‘ofurjon dehqon” chorvachilik kompleksida Chexiya, Daniya, Germaniya, Avstriya davlatlaridan keltirilgan ming boshga yaqin zotdor qoramollar parvarish qilinadi.

Tajribali chorvador Odiljon Xo‘jayev rahbarlik qilayotgan mazkur korxonadagi qoramollarning 300 boshini sog‘in sigirlar tashkil etadi. Ulardan kuniga o‘rtacha 27-28 litrdan sut sog‘ib olinadi. E’tiborlisi,  60 nafardan ziyod ishchi faoliyat ko‘rsatayotgan chorva kompleksida jarayonlar to‘liq zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.  

[gallery-12839]

Chorvachilik kompleksi ixtiyorida 347 gektarga yaqin ozuqa maydonlaridan unumli foydalanish uchun 4 dona traktor, kombayn va ozuqani yetishtirish, yig‘ib olish va saqlashda zarur bo‘lgan 10 turdagi agregatlar sotib olingan. Sharoitlar yaxshilanishi, tabiiyki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortib borishiga zamin yaratmoqda. Misol uchun, 2020 yilda korxonada 320 tonna sut yetishtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 2 yarim ming tonnaga o‘sdi.

- Erishgan natijalarimiz bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz, - deydi Odiljon Xo‘jayev. - Ayni kunlarda katta loyihani amalga oshirish taraddudidamiz. Kompleksimizda ishlab chiqarayotgan sutni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Nasib qilsa, kuniga 10 tonna sutni qayta ishlab sariyog‘, pishloq kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan liniyamizni kelgusi yili 2-chorakda ishga tushirishni rejalashtirib turibmiz.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA