Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik klasterida teridan to‘liq tayyor mahsulot chiqaradigan korxonalarni ishga tushirish zarurligi qayd etildi
14:33 / 2024-01-18

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda charm sanoatida ham mahalliylashtirishni ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Tarmoq mas’ullariga hududlarda kamida 2 milliard dollarlik loyiha paketini shakllantirish, avtomobillar uchun o‘rindiq jildlari, sun’iy charmdan sport jihozlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish toshirildi.

Chorvachilik klasterida teridan to‘liq tayyor mahsulot chiqaradigan korxonalarni ishga tushirish zarurligi qayd etildi.  

Mahalliylashtirishda faqat tovarlar emas, xizmatlar bo‘yicha ham katta imkoniyatlar bor. Masalan, oxirgi besh yilda 9 ta energetika, neft-gaz va metallurgiya loyihalari ishga tushdi. Kelgusi yillarda “Mustaqillik – 25” loyihasi, 30 ga yaqin mobil kompressor stansiyalari va 6 ta bug‘-gaz qurilmalarini foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.  

Bu kabi ob’ektlardagi yuqori texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha malakali xizmatlarga talab yildan-yilga ortib bormoqda. Kimyo, metallurgiya korxonalari, yirik nasos stansiyalari va GESlarda ham bunday xizmatlarga talab yuqori. Shuni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi va tarmoq rahbarlariga birgalikda yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini boshlash topshirildi.  

Dasturda kadrlarni o‘qitish, servisga litsenziya olish, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda yig‘ilishda investitsiya kompleksi hamda hududlar rahbarlarining axboroti tinglanmoqda.  

O‘zA