Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorva ozuqasi yetishtirishda gidroponika texnologiyasi: intensiv va serdaromad usul
09:40 / 2022-03-03

Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2022 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida asosiy, takroriy va oraliq ozuqa ekinlari maydonlari va ozuqa yetishtirish hajmlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, barcha toifa xo‘jaliklaridagi asosiy maydonlarga (jami 405 ming 533 gektar, shu jumladan 120 ming 938 gektar beda, 15 ming 545 gektar xashaki lavlagi, 40 ming 126 gektar oq jo‘xori va 228 ming 924 gektar silos uchun makkajo‘xori) ozuqabop ekinlar ekish va g‘alladan bo‘shagan 221 ming 629 gektar maydonga takroriy makkajo‘xori hamda 102 ming 196 gektar maydonga oraliq ekinlar joylashtirish rejalashtirilgan.

Qoramolchilik xo‘jaliklarida 2021 yilda 219 ta, jumladan Qoraqalpog‘iston respublikasida 15 ta, Andijon viloyatida 23 ta, Buxoro viloyatida 41 ta, Jizzax viloyatida 6 ta, Qashqadaryo viloyatida 13 ta, Navoiy viloyatida 8 ta, Namangan viloyatida 12 ta, Samarqand viloyatida 14 ta, Surxondaryo viloyatida 14 ta, Sirdaryo viloyatida 8 ta, Toshkent viloyatida 15 ta, Farg‘ona viloyatida 17 ta, Xorazm viloyatida 11 ta xo‘jalikda gidroponika usulida ozuqa yetishtirish texnologiyasi tashkil etilgan.

Ayni paytda Qo‘shko‘pir tumanidagi “Karim ota” fermer xo‘jaligida kuniga 0,8 tonna, Tuproqqal’a tumanidagi “Matyaqub Qodir” fermer xo‘jaligida 1,3 tonna, Shovot tumanida “Kamol” fermer xo‘jaligida 1 tonna, Urganch tumanidagi “Urganch yog‘-moy” AJ da 1 tonna, Qorako‘l tumani “Ko‘ksaroy” fermer xo‘jaligida 1 tonna, Buxoro tumani “Zarif ota” fermer xo‘jaligida 1 tonna, Jizzax viloyati, Sh. Rashidov tumani “Asl zotli chorva” fermer xo‘jaligida 0,170 tonna gidroponika usulida yashil ozuqa yetishtirilmoqda.

 

Veterinariya va chorvachilikni

rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati