Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorva mollarining ichak mahsulotlari Yevropa davlatlariga eksport qilinadi
10:32 / 2021-10-04

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘mita mutaxassislari va Yevropa Ittifoqi komissiyasi Sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi bosh direktorati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muntazam muloqot davomida mazkur kelishuvga erishildi.

Dastlab Ittifoq komissiyasi tomonidan chorva hayvonlari ichak mahsulotlari eksporti uchun taqdim etilgan so‘rovnomalar tegishli tartibda to‘ldirilib baholash uchun yuborildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mas’ul vakillari tomonidan O‘zbekiston davlat veterinariya xizmati auditi o‘tkazildi.

Yevropa Ittifoqining 2021 yil 29 sentyabrida ushbu audit natijalari e’lon qilindi. Va mamlakatimiz Ittifoqning 27 ta a’zo davlatlariga ichak mahsulotlari eksporti uchun avtorizatsiyadan o‘tganligi ma’lum qilindi.

O‘zA