Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chortoqlik paxtakorlar 3 ming 813 tonnalik marrani zabt etdi
19:29 / 2020-10-07

Joriy yilning 13-sentyabr kuni “Namangan toʻqimachi klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Chortoq paxta qabul qilish maskanida joriy mavsum paxta hosilining dastlabki karvoni tarozidan oʻtkazilgan edi.


Chortoq tumani paxtakorlari Namangan viloyatida birinchi boʻlib shartnomaviy rejani bajardi.

Joriy yilning 13-sentyabr kuni “Namangan toʻqimachi klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Chortoq paxta qabul qilish maskanida joriy mavsum paxta hosilining dastlabki karvoni tarozidan oʻtkazilgan edi.

Mavsum oldidan erta bahordan yetishtirilgan hosilni betalofat yigʻishtirib olinishi, barakali xirmon uyulishi tilangan edi. Astoydil harakat va tinimsiz mehnat natijasida qisqa fursatda yaxshi niyatlar ijobat boʻldi.

Tuman boʻyicha 38 ta terim otryadiga birlashgan mahallalarning uyushmagan aholisi, fidoyi yoshlar otryadlari, fermer xoʻjaligi aʼzolaridan iborat terimchilarning qilgan mehnatlari samarasida koʻzlangan xirmon yaratildi. Namangan viloyatida birinchi boʻlib 3 ming 813 tonnalik reja ortigʻi bilan 100,03 foizga uddalandi. Oʻtgan yilga nisbatan har gektaridan 3,5-4 sentnerdan koʻp hosil olindi.

Taʼkidlash joizki, hozirga qadar fermerlarning 80 foizi zafar marrasiga yetib keldi. Xususan, “Chortoq agro klaster”, “Buvaboy Robaxon fayzi”, “Murodulla usta paxtakor”, “Chortoq Fargʻona mirishkori”, “Usmonjon Dilorom Dilfuza” kabi fermer xoʻjaliklari birinchi terimdayoq belgilangan rejani bajardi.

Darhaqiqat, bu xushxabar tuman paxtakorlariga behad xursandchilik ulashmoqda. Mavsum davomida terim pulini oʻz vaqtida uzluksiz yetkazib berish chorasi koʻrildi. Hasharchilarni ragʻbatlantirish maqsadida ilgʻor terimchi va otryad rahbarlariga tuman hokimligi hamda qator davlat, jamoat tashkilotlari tomonidan qimmatbaho sovgʻalar berildi.

Bu yil yettita MMTP joylashgan hududdagi 52 ta fermer xoʻjaligining 1067 gektar dala maydonlarida klaster usulida moʻl hosil yetishtirildi. Agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilgani koʻzni quvontiradigan moʻl hosilga turtki boʻldi. Chortoqlik paxtakorlar daladagi hosilni soʻnggi misqoligacha yigʻib-terib olishga ahd qilgan.