Chortoqdagi muqaddas qadamjo
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi vodiyning muqaddas qadamjolaridan.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur qadamjoni qadimiy usulda ta’mirlash, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish, maskanda kutubxona tashkil etish bo‘yicha bergan tavsiyalari asosida ziyoratgoh obod maskanga aylantirilgan. Bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, ziyoratgoh tarkibidagi masjid, maqbara, muzey restavratsiya qilindi, atrof obodonlashtirildi.
Bugun muborak qadamjoni ziyorat qilish istagida nafaqat yurtimiz shaharu qishloqlaridan, balki xorijiy davlatlardan ham ko‘plab sayyohlar tashrif buyurmoqda.







