Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chortoqda zamonaviy o‘quv markazi foydalanishga topshirildi
13:14 / 2026-03-08

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chortoq tumanida “STANDFORD” xususiy o‘quv markazining yangi binosi ochildi. Markaz mamlakatimizda yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, ayniqsa IT va innovatsion sohalarga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, shuningdek, faol pedagoglar va yoshlar ishtirok etdi. Mehmonlar markazdagi zamonaviy o‘quv xonalari, IT sinflari, kutubxona va kovorking hududlari bilan tanishib, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholashdi.

[gallery-28056]

Yangi markazda asosan IT yo‘nalishi hamda zamonaviy kasblar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi va muassasadagi umumiy ishchilar soni 150 nafarga yetkazildi. Zamonaviy jihozlangan o‘quv markazi hudud yoshlarining bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularning kelajakda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib yetishishida muhim vosita bo‘ladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA