FOTOREPORTAJ
Mustaqillik bayrami arafasida Namangan viloyati Chortoq tumanida “Laskidon” oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. Mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan mukammal ta’mirdan chiqarilgan sobiq QVP binosi butunlay yangi qiyofa kasb etib, zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘ldi.
Mazkur OSHP “Laskidon”, “Keskanyor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 5 mingdan ziyod aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda tor doiradagi mutaxassislar, patronaj xizmati, kunduzgi statsionar bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘ndan ortiq turda laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi hamda muolaja davrida bemorlar 120 turdagi dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.
Tibbiy muassasaning ochilish marosimida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
[gallery-13370]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA