French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chortoqda oilalar daromadi oshmoqda
15:28 / 2025-09-13

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chortoq tumanining Obod diyor mahallasida joylashgan “Proexport Cotton” mas’uliyati cheklangan jamiyati mahalliy iqtisodiyotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan korxonalardan. 

Tadbirkor A’zamjon Shamatov tashabbusi bilan asos solingan korxonada bolalar ustki va erkaklar ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Ular sifati hamda bozor talabiga mosligi bilan xaridorgir. 

[gallery-25292]

Korxona mahsulotlari mahalliy bozordan tashqari Rossiya Federatsiyasiga ham muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda. Muhimi, mazkur ishlab chiqarish maskanining faoliyati natijasida mahallada 25 ta ish o‘rni yaratildi. Bu esa aholining turmush darajasini yaxshilash, oilaviy daromadini oshirish va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi maqsadlarini amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar