FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida infratuzilmani yangilash va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik loyihalar izchil davom etmoqda.
“Katta Namangan” kanali atrofini zamonaviy madaniy maskanga aylantirish ishlari ham qizg‘in pallada. Ayni paytda kanalning Bobur massivigacha bo‘lgan qismida betonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda ketmoqda. Mazkur loyiha aholi uchun xavfsiz va qulay dam olish hududini yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Baynalmilal mahallasining Sadaf ko‘chasida muhandislik tarmoqlari yangilanib, atrof hududlarda ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l bo‘ylarini tozalash va manzarali daraxtlar ekish ishlari davom etmoqda.
Tumandagi Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini qayta qurish va rekonstruksiya qilish, qolaversa, Chortoq tumanida aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari ham tizimli olib borilmoqda. Arbag‘ish mahallasidan tuman markazigacha bo‘lgan 52 kilometr masofada yangi suv tarmoqlari tortilib, qiymati 300 milliard so‘mlik inshoot xitoylik mutaxassislar hamkorligida barpo etilmoqda.
[gallery-26655]
Barcha bunyodkorlik va infratuzilma ishlari natijasida tumanda aholi uchun zamonaviy muhit, qulay dam olish maskanlari va barqaror ichimlik suvi ta’minoti yaratiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA