Chortoq tumanida zamonaviy suzish havzasi ochildi
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Do‘stlik mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
O‘zgacha uslubda qad rostlagan ushbu suv havzasi tumanda suzish sport turini yanada ommalashtirish, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli sportchilarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdek, kelgusida nufuzli musobaqalarga mezbonlik qiladi.


Majmuaning ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, soha vakillari, murabbiylar hamda yosh sportchilar ishtirok etdi. Unda mutasaddilar bu kabi loyihalar Prezidentimiz tashabbuslari asosida yurtimizda yoshlar uchun qulay va zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi ekanligini ta’kidladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
Xotam Mamadaliyev (surat), O‘zA