FOTOREPORTAJ
Registon ansamblining “Chorsu” me’moriy obidasi – san’at galereyasida yangilanish va yasharish ayyomi - Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Bahor sehri” nomli badiiy ko‘rgazma ish boshladi.
[gallery-11076]
Registon ansambli mustaqil direksiyasi va O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmadan Asliddin Isayev, Ahmadxon Isoyev, Juma Abdurauf, Aleksey Sherbakov, Xurshid Xalilov, Munira Sultonova, Abib Ismoilov, Abdumuqadim Halimov, Muxtor Samadov, Nikolay Sultonov, Nuriddin Isayev kabi samarqandlik rassomlarning Navro‘z ayyomi, bahor fasli, ko‘klam yumushlari bilan bog‘liq eng sara asarlari o‘rin olgan.
Jumladan, Asliddin Isayevning “Navro‘z”, “Qaytish”, Xurshid Xalilovning “Tabiat ovozi”, “Taronalar ovi”, Juma Abduraufning “Teraklar”, Nuriddin Isayevning “Buzilmagan bog‘” kabi asarlari san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA