Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorsu mehmonxonasini biznes markazga aylantirish mumkinmi?
14:09 / 2020-01-30

Toshkent shahrining markazida joylashgan sobiq Chorsu mehmonxonasi uchun onlayn savdo e-auksion.uz da 17 fevral sanasida qayta belgilanganidan buyon ob’ekt xususida yurtdoshlarimizda turli savollar paydo bo‘lmoqda.


Toshkent shahrining markazida joylashgan sobiq Chorsu mehmonxonasi uchun onlayn savdo e-auksion.uz da 17 fevral sanasida qayta belgilanganidan buyon ob’ekt xususida yurtdoshlarimizda turli savollar paydo bo‘lmoqda. 

Kimdir “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi”ga qo‘ng‘iroq qilsa, boshqa birov ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali o‘zlarini qiziqtirgan masalalarda murojaat qilmoqda.

Ushbu davlat mulki ob’ektini kim xarid qilishi va uning kelajagiga qiziqmagan inson bo‘lmasa kerak. Shu kunlarda sobiq “Chorsu”ni mehmonxona emas, savdo markazi yoki biznes markaz sifatida qayta qurish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidlagan murojaatchilar ko‘p bo‘ldi.

Aytish mumkinki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan takroriy savdoga chiqarilgan sobiq mahmonxona majmuasini sotib oladigan tadbirkorlar uchun bir qator imkoniyatlar yaratildi, bunda birinchi navbatda fuqarolarning fikrlari inobatga olinganini alohida qayd etib o‘tish o‘rinlidir.

1982 yilda qurilgan, umumiy maydoni qariyb 2 gektarni tashkil etuvchi ob’ekt uch yulduzli mehmonxona tashkil etish talabi bilan sotuvga qo‘yilgan. Mulkni xarid qilgan auksion g‘olibi oldi-sotdi shartnomasi imzolangan sanadan boshlab, 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmatini ko‘rsatish) saqlash majburiyatini qabul qilib oladi. Biroq bunda mehmonxona majmuasi bino-inshootlarining bir qismida, bino-inshootlarning umumiy foydali maydonining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hududda biznes-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati taqdim etiladi.

Mamlakatimizda boshlangan islohotlar jarayonida mehmonxona hamda biznes markazning yaqin joyda tashkil etilishi ushbu binoning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK PR-xizmati