Choriyev Aliqul Jumayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Surxon vohasining och tusli yengil qumloq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi” mavzusida
Choriyev Aliqul Jumayevichning “Surxon vohasining och tusli yengil qumloq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi” mavzusidagi, 06.01.02 – “Meliorasiya va sug‘orma dehqonchilik” sohasida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 18-dekabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 1-bino, 239-xona.
Tel: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
e-mail: kstu@kstu.uz