Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Choraklik bilimlar sinovi: samaradorlik oshmoqda (+video)
21:29 / 2023-12-26

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish maqsadida sohaga xorijning ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda. Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar choraklik summativ baholash dasturining ijobiy samaralari inobatga olingan holda 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab yurtimizdagi 500 ta umumta’lim maktabida mazkur tizim tajriba-sinov tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Shu kunlarda bu maktablarda ikkinchi chorak yakuniy choraklik summativ baholash imtihonlari tashkil etildi.

Samarqand shahridagi kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14-tayanch maktabida 1676 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim olmoqda. Ulardan 5-11-sinflarda o‘qiyotgan 1048 nafar o‘quvchining ikkinchi chorakda olgan bilimlari choraklik summativ baholash tizimi asosida baholanishi uchun test-sinovlari o‘tkazildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wdnohVf5nzQ" title="Choraklik bilimlar sinovi: samaradorlik oshmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

– Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan o‘quv maskanlarining ilg‘or ish tajribasini umumta’lim maktablariga joriy etilishi o‘quvchilarning bilim, o‘zlashtirish darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ilmira Shodiyeva. – Bu o‘quvchining fanning aynan qaysi mavzularini o‘zlashtira olmayotganini aniqlab, o‘sha o‘quvchi bilan qo‘shimcha ishlashda samarali usullarni to‘g‘ri qo‘llash orqali natijadorlikka erishishni ta’minlaydi. Ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha o‘quvchilar ingliz tili, tarix va fizika fanlaridan test-sinovlari topshirdi. 

Joriy o‘quv yilining ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan choraklik summativ baholash imtihonlari natijalariga qarab o‘quvchilar bilan ishlashda eng samarali usullardan foydalanib, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish maqsad qilingan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (video), O‘zA muxbirlari