Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chor-Bakr majmuasi qoshida yangi turistik xizmatlar tashkil etiladi
12:50 / 2020-11-10

Buxoro viloyatidagi Chor-Bakr majmuasida ulkan qurilish ishlari olib borilmoqda.

Majmua 2000 yilning avgust oyida to‘la ta’mirlanib, ziyoratchilar ixtiyoriga topshirilgan edi.

Chorbakr ziyoratgohini turistik kompleks sifatida rivojlantirish maqsadida mutasaddilardan iborat ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro tumani hokimligi hamda arxitektura va loyihalash instituti mutasaddi xodimlari viloyat turizmni rivojlantirish departamenti mas’ullari qatnashdi. Uchrashuvda Chor-Bakr majmuasini ta’mirlash, yangi turizm ynalishlari va turistik xizmat turlarini yaratishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Loyihaga ko‘ra majmua qoshida “Turistik markaz” tashkil etish nazarda tutilgan. Unda Sumitan qishlog‘ining 10-15 nafar tashabbuskor tadbirkorlari tomonidan majmua atrofida oilaviy mehmon uylarini tashkil etiladi. “Turistik markaz”da yangi turistik xizmat turlarini yaratish, xususan, milliy hunarmandchilik ustaxonalari, zamonaviy turizm axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Turizm axborot markazi", xalq amaliy san’atini namoyish etish maqsadida “Art-galereya” va “Chor-Bakr” majmuasi haqida ma’lumot beruvchi muzey, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash shoxobchasi, suvenir do‘konlari va kitob rastalari quriladi.  

Chor-Bakr majmuasi qoshida 10 dan ortiq yangi turistik xizmatlarni yaratish, hunarmandchilik markazi, xalq amaliy san’atini namoyish etuvchi galereya hamda ko‘rgazmalar, ilmiy markaz, majmua atrofida ekobog‘ yaratiladi.