Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cho‘lpon izdoshlari Andijonda jam bo‘ldi
17:50 / 2025-07-28

Andijonda “Cho‘lpon izdoshlari” an’anaviy respublika yosh ijodkorlar seminari bo‘lib o‘tdi.

Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar hamda Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda mamlakatimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan ijodkor yoshlar nazm, nasr, publitsistika va bolalar adabiyoti yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. 

– Ushbu seminar eng avvalo, ijodkor yoshlarni bir davraga jamladi, ularga o‘zaro ijodiy tajriba almashish imkonini berdi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi. – An’anaga aylangan ushbu seminarga taqdim etilgan ijodiy ishlarning ko‘p qismini jadid bobolarimizga bag‘ishlangan asarlar tashkil etadi. Yosh ijodkorlarning ulug‘ ajdodlarimiz hayoti, ijodi, ilmiy va adabiy merosini targ‘ib etishga bo‘lgan intilishi, ishtiyoqi yuqori ekanligi e’tiborga molik.

Seminar davomida jadid bobolarimiz xotirasi yod etildi, Cho‘lpon ijodining milliy adabiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritildi. 

Taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar tomonidan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlari tahlil qilindi. Yutuq va kamchiliklari xususida fikr, mulohazalar bildirildi. 

Cho‘lpon, umuman, jadid bobolarimiz ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga xizmat qilgan seminar yakunida faol ishtirokchilarga Cho‘lpon jamoat fondi tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari