French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cho‘llarda “yashil qoplama” – himoya o‘rmonzorlari barpo etilmoqda
12:18 / 2026-01-09

Buxoro viloyati hududida 58 ming gektar maydonda o‘rmonzor barpo etish harakatiga kirishilgan. Bu borada viloyatning Olot, Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku, Shofirkon, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlaridan cho‘l massiviga tutash yer maydonlari tanlab olingan.

– “Yashil qoplama”lar barpo etish borasida o‘rmon xo‘jaligimiz jamoasi tomonidan 29,2 tonna, Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida 27,6 tonna, Olot davlat o‘rmon xo‘jaligida 29,8 tonna, Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligida 29,5 tonna miqdoridagi cho‘l o‘simliklari urug‘lari zaxirasi yaratildi, – deydi Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori Rustam Hojiyev. – Shuningdek, Qizilqum davlat o‘rmon xo‘jaligida 21,4 tonna, “Neftchi” davlat o‘rmon xo‘jaligida 20,9 tonna, Shofirkon davlat o‘rmon xo‘jaligida 28,4 tonna, Qorovulbozor davlat o‘rmon xo‘jaligida 21,5 tonna, G‘ijduvon davlat o‘rmon xo‘jaligida 25,3 tonna, Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida 28,5 tonna, Kogon ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida 15 tonna cho‘l o‘simliklari urug‘lari tayyorlandi.

Sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 5 ming gektardan ziyod, Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 5,8 ming gektarda, Olot davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 5,6 ming gektar yerda “yashil qoplama” – himoya o‘rmonzorlari barpo qilinmoqda.

Xuddi shunday, Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi 6,2, Qizilqum davlat o‘rmon xo‘jaligi 2,8, “Neftchi” davlat o‘rmon xo‘jaligi 5, Shofirkon davlat o‘rmon xo‘jaligi 8,5, Qorovulbozor davlat o‘rmon xo‘jaligi 5 ming, G‘ijduvon davlat o‘rmon xo‘jaligi 5,5, Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi mehnat jamoasi 6,5, Kogon ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi esa 2 ming gektar maydonda “yashil qoplama” – himoya o‘rmonzorini yaratishga jiddiy bel bog‘langan. 

Tashkiliy-moddiy jihatdan, viloyatning cho‘l hududlarida “Yashil qoplama” himoya o‘rmonzorlari barpo qilish maqsadida buyurtmachi – davlat o‘rmon agentligi tomonidan hozirgacha viloyatdagi 11 ta o‘rmon xo‘jaligidan 7 tasiga loyiha bo‘yicha avans mablag‘lari ajratib berilgan. “Yashil qoplama” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish chora-tadbirlariga pudratchi sub’ektlar tomonidan 32 ta traktor-agregatlar, shuningdek, 30 nafarga yaqin mutaxassis va jami 180 dan ziyod ishchi jalb etilgan.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.