Cho‘l qochoqlari
Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan atrof-muhit va bioxilma-xillikni asrash, shuningdek, saksovul, cherkez, qandim hamda yulg‘un o‘simliklarini noqonuniy kesilishining oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat-reyd tadbirlari olib boriladi.
Romitan tumani Ekologiya hamda Gazli shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanning cho‘l hududlarida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda, Peshku tumani hududida yashovchi bir guruh fuqarolar davlat raqamisiz, “Gaz 66” rusumli avtomashina orqali saksovul o‘simligini olib kelayotganda inspektorlar tomonidan to‘xtatildi. Biroq, fuqarolar avtomashinani voqea joyida tashlab, hodisa joyidan qochib ketdi.
Hozirda ushbu avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.