Milliy matbuot markazida iste’dodli shoir va jurnalist Faxriddin Hayitning "Qanot" loyihasi doirasida chop etilgan "Cho‘g‘" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov va boshqalar mamlakatimizda kitobxonlik, milliy adabiyotni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
[gallery-26360]
Faxriddin Hayitning she’rlari xalqqa yaqinligi, samimiyati, o‘ziga xos ijodiy uslubi bilan ajralib turishi qayd etildi.
Ijodkor 1980 yil tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. “Ilinj” (2004), “Har yurakda bir Vatan” (2009) va boshqa she’riy to‘plamlari chop etilgan.
Faxriddin Hayitning yangi "Cho‘g‘" nomli kitobi ijodkorning ko‘ngil kechinmalari, Vatan, istiqlol, beg‘ubor tuyg‘ularni aks ettirgani bilan ahamiyatli.
N.Usmonova, O.Pardayev (surat), O‘zA