Choʻlda rasmiylashtirilgan nikoh yoxud yechimini topayotgan murojaatlarChoʻlda rasmiylashtirilgan nikoh yoxud yechimini topayotgan murojaatlar
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Bahronov tomonidan viloyat markazidan qariyb 450 km. olisdagi Uchquduq tumanining “Koʻkpatas” ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Bahronov tomonidan viloyat markazidan qariyb 450 km. olisdagi Uchquduq tumanining “Koʻkpatas” ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Tuman sektor rahbarlari, tegishli davlat organlari va tashkilotlari, yuridik xizmat koʻrsatuvchi notarius, advokat, FHDYO hamda davlat xizmatlari vakillaridan iborat mutasaddilar ishtirok etishdi.
Qariyb 170 nafar aholi ishtirok etgan sayyor qabulda aholi tomonidan 28 ta murojaat qabul qilindi.
“Bugun 17-oktyabr, men uchun tarixda qoldi. Bizning nikohimiz qonuniy rasmiylashtirildi. Bizga nikoh guvohnomasi berildi. Biz bir oila boʻldik. Hech qanday sarson-sargardonliksiz, hammasi oson hal boʻldi. Baxtlimiz”, deydi uchtepalik yosh oila Jumabekov Nurdulat va Hikmatova Akmirey.
“Men 2014-yilda Qozogʻistondagi Turkiston tibbiyot kollejini tugatganman. Mutaxassisligim boʻyicha ishlamoqchiman. Ovulimizda akusher yetishmaydi. Sayyor qabuldan diplomimni nostrifikatsiya qilish tartibi haqida bilib oldim. Ovuldoshlarimga xizmat qilmoqchiman. Bizda akusher yetishmaydi. Ovul ayollari 15 kun oldin Konimex tuman tugʻruqxonasiga joʻnatiladi”, deya shodligini yashirmadi Aqjanar Ismailova.
Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolarga 32 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Bundan tashqari, Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan 5 ta tashabbus ijrosi hamda 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan ovuldagi maktabga badiiy kitoblar tarqatildi.