English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“CHISSO” bolajonlarning sevimli maskaniga aylanadi
12:39 / 2023-11-19

FOTOREPORTAJ

Jizzax shahrining “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan “CHISSO” nomli oilaviy nodavlat ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.  

Zamonaviy uslubda barpo etilgan dargoh rus tiliga ixtisoslashtirilgan. Ayni paytda bu yerda 30 nafar kichkintoylarni har tomonlama barkamol tarbiyalash, maktabga tayyorlash uchun 5 nafar pedagog biriktirilgan. — Jizzax Davlat pedagogika universitetining pedagogika-psixologiya fakultetini tamomlab, xonadonimizda maktabgacha ta’lim tashkilotini yo‘lga qo‘ydim. - deydi tadbirkor Sarvinoz Umirzoqova. — Muassasamizda barcha mashg‘ulotlar ta’lim me’yorlari talabi darajasida olib borilishi ta’minlangan. So‘zlashuvida nuqsoni bor bolalar bilan logoped, defektolog va psixolog alohida shug‘ullanadi.  

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tashkilotda bolajonlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.  

Bolalar o‘qigan she’rlar, ijro etgan qo‘shiq va raqslar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

Ta’kidlash kerak, hozirgi kunda viloyatda 1 ming 418 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning 235 tasini davlat, 12 tasini xususiy, 1 ming 126 tasini oilaviy va qolgan qismini davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etadi. Viloyatdagi 127 ming 207 nafar 3-7 yoshli bolalardan 93 ming 564 nafari maktabgacha ta’limga qamrab olingan. 2023 yilning birinchi yarmida bola qamrovi past bo‘lgan hududlarda 3 ming 325 o‘ringa mo‘ljallangan 115 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 6 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Quvonarlisi, so‘nggi 5 yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov foizi 16,4 foizdan 73,6 foizga oshgan.  

[gallery-14670]

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA fotomuxbiri