Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chiroyli” avtoraqamlar ro‘yxati va ularning boshlang‘ich narxlari e’lon qilindi
16:36 / 2019-12-26

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda qarorga muvofiqlashtiradi.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha berishda “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda qarorga muvofiqlashtiradi.

Oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining ro‘yxati quyidagicha (RO‘DRB — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari. BHM – bazaviy hisoblash miqdori” ):