French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiroqlar xarid qilish bo‘yicha savdo tanlovi bekor qilindi
17:19 / 2024-02-07

Davlat tashkilotlari, korxona va muassasalari tomonidan xarid qilinadigan buyum va jihozlarning tanlov asosida sotib olinishidan ko‘zlangan maqsad nisbatan arzon, sifatli mahsulotni tanlash, shuningdek, shaffoflik va teng raqobatni ta’minlashdir. Ming afsuski, bu borada ayrim mutasaddilar o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, turli qing‘irliklarni o‘ylab topmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda savdo taklifi bo‘yicha ayrim tanlovlarda belgilangan talablarga amal qilmaslik holatlari aniqlanmoqda. 

Jumladan, Bo‘ston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida umumiy qiymati 450 million so‘m bo‘lgan ko‘cha chiroqlari hamda quyosh panelli ko‘cha chiroqlari sotib olish yuzasidan eng yaxshi savdo taklifi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar o‘rganib chiqilganida, tanlovlarni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga rioya etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ana shundan kelib chiqib, mutaxassislar tomonidan Bo‘ston tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024 yil 21 yanvar kuni 337031 hamda 337082- sonli lotlar bo‘yicha o‘tkazilgan eng yaxshi savdo taklifi tanlovi bekor qilindi. 

F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri