Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chiroqchida yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi
17:14 / 2024-01-22

– Tuman markazidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida ishlayman, – deydi Javhar Niyozov. – Tarag‘ay qishlog‘idan har kuni 50 kilometr masofa yo‘l bosib kelaman. Yana shuncha masofaga qaytaman. Yosh oilamiz. Bir nafar farzandim bor. Bir hovlida uchta oila turardik. Hukumatimizning yosh oilalarga qaratayotgan e’tibori tufayli subsidiya asosida tuman markazidan uy-joy olishga erishdik. Endi o‘zimizning ham uyimiz bor. Bundan juda xursandmiz.

Yangi xonadonda yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa, uy sohibining ayoli Zebiniso Raimovani xursand qildi. Boisi shinamgina oshxonada lazzatli taomlar tayyorlash uchun barcha qulaylik bor. 

Shu kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazida to‘rtta uch va bitta besh qavatli 110 xonadonni o‘z bag‘riga sig‘dira olgan ko‘rkam, zamonaviy va har tomonlama qulay turarjoylar majmuasi foydalanishga topshirildi. 

[gallery-15590]

Ko‘p qavatli turar joylarning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi va boshqalar yangi xonadon sohiblarini tabriklab, maydoni bo‘yicha kichik, aholi zichligi bo‘yicha peshqadam bo‘layotgan tumanda aynan ko‘p qavatli turarjoylar fuqarolarning uy joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. 

Ramziy tasma kesilgach, tuman hokimi boshchiligida sektorlar rahbarlari hamda nuroniylar yangi xonadonga ko‘chib chiqqan tumandoshlarining xonadonlarida mehmon bo‘lib, ularning quvonchiga sherik bo‘ldi. 

18 milliard so‘m mablag‘ evaziga qariyb bir gektar maydonda barpo etilgan mazkur turarjoylar atrofida bolalar maydonchasi, issiqlik tizimi va boshqa qulayliklar muhayyo qilingan. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari